close
Kontent qismiga oʻtish

Tetuan

Vikipediya, erkin ensiklopediya

TetuanMarokashning shim. qismidagi shahar. Martil daryosi boʻyida. Tetuan provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 364 ming kishi (1990-yildar oʻrtalari). Oziq-ovqat, toʻqimachilik, metallsozlik, yogʻochsozlik, sement sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilikda gilam, ipak matolar toʻqiladi, koʻnteri va metall buyumlar tayyorlanadi. Marokash sanʼati va arxeologiya muzeylari bor. Shaharga IX asrda asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklardan shahar devori, qalʼakasaba (XIV—XVIII asrlar), Katta masjid, saroy (XVII asr) saqlangan. 1912—56 yillarda Ispaniyaning Shimoliy Marokash zonasining maʼmuriy markazi.