close
Kontent qismiga oʻtish

Fororaklar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Fororaklar
Qazilma davri: 43-0.025 Ma
uintanholocene 
BERJAYA
Titanis walleri, rekonstruksiya qilingan skeleti. Florida Tabiiy Tarix Muzeyi.
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Kenja olam: Eumetazoa
Tip: Xordalilar
Kenja tip: Umurtqalilar
Sinf: Qushlar
Kenja sinf: Yelpigʻich dumli qushlar
Infrasinf: Yangi tanglayli qushlar
Turkum: Kariamasimonlar
Oila: Fororaklar
Phorusrhacidae
Kenja oila

Fororaklar (lotincha: Phorusrhacidae) — Kariamasimonlar turkumiga mansub yo‘qolib ketgan yirtqich uchmaydigan qushlar oilasi. Janubiy Amerikada taxminan 43 million yildan 25 ming yil avvalgi davr oraligida tarqalgan. Odamlar Amerikada tarqalishidan oldin yo‘qolib ketishgan[1].

Bo‘yi 1 dan 3 metrgacha yetgan. Eng yirik namunalardan biri, Devincenzia turiga mansub bo‘lib, vazni 350 kilogrammgacha yetgan bo‘lishi mumkin. Fororaklarning eng yaqin zamonaviy qardoshlari bo‘yi taxminan 80 santimetr bo‘lgan kariamalar hisoblanadi. Texas va Florida hududlaridan topilgan Titanis walleri, Shimoliy Amerikadagi eng yirik turlardan biri.

BERJAYA
Fororaklar oilasining ayrim turlari va odam o‘lchamlari taqqoslanishi: Kelenken, Devincenzia, Phorusrhacos, va Titanis

Klassifikatsiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oila 5 kenja oila, 13 urug‘ va 22 turni o‘z ichiga oladi[2].

Incertae sedis - Sistematikadagi holati nomalum:

  1. Washington Jones, Andrés Rinderknecht, Herculano Alvarenga, Felipe Montenegro, Martín Ubilla. The last terror birds (Aves, Phorusrhacidae): new evidence from the late Pleistocene of Uruguay (англ.) // PalZ. — 2018-06-01. — Vol. 92, iss. 2. — P. 365–372. — ISSN 1867-6812. — doi:10.1007/s12542-017-0388-y.
  2. Alvarenga, Herculano M. F.; Höfling, Elizabeth (2003). "Systematic revision of the Phorusrhacidae (Aves: Ralliformes)". Papéis Avulsos de Zoologia. 43 (4): 55–91. doi:10.1590/S0031-10492003000400001.