Alban tili
Qiyofa
| Alban tili | |
|---|---|
|
| |
| Milliy nomi | Gjuha shqipe |
| Mamlakatlar |
|
| Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 5.400.000 (2011) |
| Turkumlanishi | |
| Til oilasi | Hind-yevropa tillari |
| Alifbosi | lotin |
| Til kodlari | |
| ISO 639-1 | sq |
| ISO 639-2 | sqi |
| ISO 639-3 | sqi |
Alban tili (albancha: Gjuha shqipe) — alban xalqining tili. Albaniya Respublikasining davlat tili. Hind-yevropa tillari maxsus guruhiga kiradi. Alban tilida 3 milliondan ortiq kishi soʻzlashadi, 2 katta dialektga boʻlinadi: shimoliy (geg), janubiy (tosk). XIX asr oxirida hozirgi adabiy Alban tili mazkur dialektlar asosida shakllangan. Tuzilishi jihatdan Alban tili bilan bolgar va rumin tillari oʻrtasida umumiy oʻxshashlik mavjud. Alban tilida lotin, yunon, janubiy slavyan, turk va boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlar koʻp. Alban tili yozuvi lotin grafikasi asosidadir[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Jahon tillaridan biri haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
