Epidemik parotit
Epidemik parotit — oʻtkir yuqumli virusli kasallik. Soʻlak bezlari (ayniqsa, quloq oldi bezi) ning yalligʻlanishi bilan kechadi kasallik hisoblanadi. Filtrlanuvchi viruslar qoʻzgʻatadi. Havo-tomchi yoʻli orqali hamda bemor foydalangan turli idishlardan yuqadi. Epidemik parotit hamma yoshdagi odamlarda, (1-1,5 yoshda 95% holat) koʻproq 5—15 yoshdagi bolalarda uchraydi. Inkubatsion davri 18—20 kun. Epidemik parotitda bosh ogʻriydi, tana harorati koʻtariladi. Ogʻirroq hollarda bemor burnidan qon keladi, qusadi, tirishish belgilari naʼmoyon boʻladi. Kasallikning 2—3 kuni quloq oldi bezi shishib, u quloqning bir tomoniga, 1—2 kundan keyin esa ikki quloq atrofiga oʻtadi. Ogʻiz ochilganda, ovqat chaynalganda ogʻriq seziladi va kuchayib boradi. Kasallik 8—10 kun davom etadi. Kasallik avj olgan holda yumshoq miya pardasining yalligʻlanishi koʻrinishida ham oʻtishi mumkin. Bu shaklida bolalar qusadi, boshi qattiq ogʻriydi va meningit belgilari paydo boʻladi. Vaqtida davo choralari koʻrilmaganda nevrit, otit kabi asoratlar qoladi.
Davosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi navbatda issiq kompress qilinadi. UVCH buyuriladi. Suyuq ovqatlar, vitaminlar beriladi. Ogʻiz borat kislota eritmasi bilan chayiladi.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Tibbiyotga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
