Nodirshoh Muhammad
Qiyofa
- Vikipediyada ismi Nodir boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Nodirshoh Muhammad (1883-yil, 4-sentyabr — 1933-yil, 9-avgust) — Afgʻoniston podshosi (1929—1933); 1973-yilgacha Afgʻonistonda hukmronlik qilgan sulola asoschisi. Afgʻonistonning mustaqillik urushida (1919) muqim rol oʻynagan (qarang Ingliz-afgʻon urushlari). 1919—1924 yillarda harbiy vazir, 1924—1926 yillarda Parijda elchi; 1926-yil isteʼfoga chiqib Fransiyada yashagan. 1929-yil vataniga qaytib Bachai Saqoga qarshi kurashga boshchilik qilgan. 1929-yil oktabrda Afgʻoniston podshosi (qiroli) deb eʼlon qilingan. Suiqasd natijasida oʻldi-rilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
