close
Kontent qismiga oʻtish

Seged

Vikipediya, erkin ensiklopediya

SegedVengriyaning janubiy qismidagi shahar. Chongrad medyesining maʼmuriy markazi. Aholisi 166,1 ming kishi (1997). Tisa daryosi boʻyidagi port. Mamlakatning iqtisodiy va madaniy markazlaridan. Yirik oziq-ovqat, toʻqimachilik, tikuvchilik, yogʻochsozlik, koʻnpoyabzal, mashinasozlik sanoati korxonalari, rezinatexnika buyumlari zavodi mavjud. universitet, Fanlar akademiyasining Biologiya instituti, muzey va teatrlar bor. 13— XVI asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. S. yaqinida neft va gaz konlari topilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil