Milan moda haftaligi
| Milan Fashion Week Settimana della moda di Milano | |
|---|---|
|
2010-yil fevral oyidagi Milan moda haftaligidagi namoyishlardan biri | |
| Janri | Libos va moda ko‘rgazmalari |
| Oʻtkazilishi | yarim yillik |
| Lokatsiya | Milan, Italiya |
| Tashkil etilishi | 1958 |
| Tashkil etilgan | Camera Nazionale della Moda Italiana |
| Kishilar | Maria Antonelli, Roberto Capucci, Malika Caracciolo Ginnetti, Alberto Fagiani, Giovanni Cesare Guidi, Germana Marucelli, Emilio Federico Schuberth, Simonetta Colonna Di Cesarò, Jole Veneziani, Francesco Borrello, Giovanni Battista Giorgini, Pietro Parisio |
| Veb-sayt | http://www.cameramoda.it/en/ |
Milan moda haftaligi (italyancha: Settimana della moda di Milano) – har yarim yilda Italiyaning Milan shahrida oʻtkaziladigan liboslar koʻrgazmasi. Har yili fevral/mart oylarida kelasi kuz/qish kolleksiyalari, sentyabr/oktyabr oylarida esa kelasi bahor/yoz kolleksiyalari namoyish etiladi. Bu haftalikda koʻplab dizaynerlar oʻzlarining yangi ishlanmalari va kelgusi mavsum uchun kolleksiyalarini taqdim etadilar. Milan moda haftaligi Nyu-York, Parij va London moda haftaliklari bilan bir qatorda dunyodagi „yirik toʻrtlik“ moda haftaliklaridan biri hisoblanadi[1][2][3].
Tarix va jarayonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1958-yilda tashkil etilgan Milan moda haftaligi dunyodagi „yirik toʻrtlik“ moda haftaliklaridan biri hisoblanadi. Qolgan uch moda haftaliklari Parij, London va Nyu-York moda haftaliklaridir[4][5]. Moda haftaliklarining oʻtkazilish tartibi odatda quyidagicha boʻladi, avval Nyu-York, soʻng London, undan keyin Milan va nihoyat Parijda yakunlanadi. 1958-yildan boshlab Milan moda haftaligi har yili ikki marta ayollar va erkaklar modasi uchun alohida haftalik shaklida oʻtkazib kelinadi[6].
Milan moda haftaligi qisman Italiya Milliy Moda Palatasi (Camera Nazionale della Moda Italiana) tomonidan tashkil etadi. Ushbu notijorat uyushma Italiya modasining rivojlanishini tartibga solish, muvofiqlashtirish va targʻib qilish bilan shugʻullanadi[7], shuningdek, Milan shahridagi moda tadbirlari va namoyishlarini oʻtkazish uchun ham mas’ul hisoblanadi. Camera Sindacale della Moda Italiana uyushmasi 1958-yil 11-iyun kuni tashkil etilgan boʻlib, hozirgi Camera Nazionale della Moda Italianaga aylangan tashkilotning dastlabki shaklidir.
2020–2022: Milano raqamli moda haftaliklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]COVID-19 pandemiyasi sababli 2020-yilgi Milan moda haftaligi faqat raqamli platformalar orqali, yaʼni 2020-yil 14-iyuldan 17-iyulgacha onlayn tarzda oʻtkazilgan[8].
2022-yilda Gucci brendi birinchi marta Milan moda haftaligida oʻz kolleksiyasini namoyish etish uchun 136 nafar egizak modellarni sahnaga chiqargan[9].
Asosiy daromadlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yilda Milan moda haftaligidan olingan daromadlar quyidagicha boʻlgan:
- Ishtirokchilar/tashrif buyuruvchilar: 30 000
- Umumiy daromad: €64 mln
- Shahar daromadi: 15,5 million yevro
- Biznes daromadi: 48,5 million yevro
- Inshoot daromadi: 7 million yevro
- Restoran daromadi: €22 million
- Chakana daromad: €26 million
- Turar-joydan olinadigan daromad: €9 million
- Bir nafar tashrif buyuruvchiga oʻrtacha xarajat: €1 902
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Santosa. „5 of the Most Famous Fashion Events in the World“ (id). Tatler Asia. 2023-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-dekabr.
- ↑ „Fashioning the City: Exploring Fashion Cultures, Structures and Systems“. Royal College of Art (2012-yil 27-yanvar). 2014-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-may.
- ↑ „Fashion Week: le quattro settimane della moda nel mondo“ (it). 2023-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-dekabr.
- ↑ Bradford, Julie. Fashion Journalism. Routledge, 2014 — 129-bet.
- ↑ Dillon, Susan. The Fundamentals of Fashion Management. A&C Black, 2011 — 115-bet.
- ↑ Abrams. „History and Facts About Milan Fashion Week | Fashion Week Online®“ (en-US). 2022-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-aprel.
- ↑ Zargani, Luisa. „Giorgio Armani Joins Italian Chamber of Fashion“. WWD (2013-yil 20-noyabr). 2024-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-noyabr.
- ↑ „Milano Fashion Week: la prima edizione digitale a luglio 2020“. vogue.it. .vogue.it. 2020-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-iyul.
- ↑ „Seeing Double: Gucci Sent 68 Sets Of Identical Twins Down Its SS23 Runway“ (en-US). Grazia. 2023-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-dekabr.
