Konya
Koʻniya — Turkiyaning jan. qismidagi shahar. Likaon tekisligida. Koʻniya elining maʼmuriy markazi. Aholisi 761 ming kishidan ziyod (2000). Transport yoʻllari tuguni. Qishloq xoʻjaligi rayoni markazi. Gʻalla va jun bilan savdo qilinadi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, sement sanoati korxonalari, traktor zavodi bor. Gilam toʻqiladi. Shahar yaqinidan simob va magnezit qazib chiqariladi.
K. ilk bor qad. Frigiya davlati shaharlari qatorida Ikoniy nomi bilan tilga olingan. Miloddan avvalgi I asr — milodiy III asrlarda Rim imperiyasi, soʻngra Vizantiya tarkibida boʻlgan. XI asr oxirlari — XIV asr boshlarida Koʻniya sultonligi poytaxti, XV asr oxiridan Usmonli turk saltanatiga qoʻshib olingan. Meʼmoriy yodgorliklardan Sirchali (1243), Sohibota (126283, Qoratoy (1252), Inja Minor (1258) madrasalari, Sultonxon karvonsaroyi (1229) va boshqa bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
