Gigliola Cinquetti
Gigliola Cinquetti | |
|---|---|
|
Cinquetti 1966-yilda | |
| Umumiy maʼlumot | |
| Tavalludi |
Gigliola Cinquetti 1947-yil 20-dekabr |
| Kelib chiqishi | yakkaxon xonanda |
| Janrlar | pop musiqa |
| Kasbi |
|
| Faoliyat yillari | 1963-yildan hozirgacha |
| Fuqaroligi | Italiya |
| Turmush oʻrtogʻi |
Luciano Teodori (turm. 1979) |
Gigliola Cinquetti (italyancha talaffuzi: [dʒiʎˈʎɔːla tʃiŋˈkwetti]; tugʻilganida berilgan ismi — Giliola Cinquetti; 1947-yil 20-dekabr) — italiyalik xonanda, qoʻshiq muallifi va teleboshlovchi[1][2].
Hayoti va karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gigliola Cinquetti Italiyaning Verona shahrida, badavlat oilada dunyoga kelgan. U 9 yoshidan 13 yoshigacha fortepiano chalishni oʻrgangan, ushbu cholgʻudan saboqlar olgan hamda musiqa nazariyasi boʻyicha imtihonlar topshirgan. U rassomlik va tasviriy sanʼatni juda yaxshi koʻradi.
16 yoshida u 1964-yilgi Sanremo Music Festivalda debyut qilib, Non ho l’età („Men hali yoshman“) qoʻshigʻini ijro etgan holda gʻolib boʻlgan. Qoʻshiq musiqasi Mario Panzeri tomonidan bastalangan, soʻzlari esa Nicola Salernoga tegishli edi. Ushbu gʻalaba xonandaga 1964-yilda Kopengagenda boʻlib oʻtgan Eurovision qoʻshiq tanlovida xuddi shu taronani ijro etgan holda Italiya sharafini himoya qilish imkonini berdi va u mazkur tanlovda mamlakat tarixidagi ilk gʻalabani qoʻlga kiritdi. Cinquetti 16 yosh-u 92 kunligida tanlovning oʻsha davrdagi eng yosh gʻolibiga aylangan. Bu koʻrsatkich faqatgina 1986-yilda 13 yoshli Sandra Kim tomonidan yangilangan[3].
Xalqaro miqyosda ulkan muvaffaqiyat qozongan ushbu tarona Buyuk Britaniya singllar xit-paradida naqd 17 hafta davomida oʻz oʻrnini saqlab qolgan va 1964-yil yakunlariga koʻra mamlakatda eng koʻp sotilgan singllar roʻyxatida 88-oʻrinni egallagan. Bu italyan tilidagi asarlar uchun oʻsha davrda juda kam kuzatiladigan noyob hodisa edi[4][5]. Ushbu tarona uch milliondan ortiq nusxada sotilgan va 1964-yilning avgust oyida platinaviy disk mukofoti bilan taqdirlangan[6]. 1966-yilda u „Dio, come ti amo“ („Xudo, seni qanday sevaman“) qoʻshigʻini ijro etgan va bu asar ham xalqaro miqyosda katta muvaffaqiyat qozongan.
Xonandaning yana bir taronasi — 1973-yilda ommaga taqdim etilgan „Alle porte del sole“ kompozitsiyasi ilk bor eʼlon qilinganidan ikki yil oʻtib, Al Martino tomonidan ham ingliz tilida („To the Door of the Sun“ nomi bilan), ham italyan tilida qayta kuylangan. Mazkur inglizcha versiya Billboard Hot 100 xit-paradida 17-oʻringacha koʻtarilgan. Cinquetti ijrosidagi inglizcha versiya 1974-yilning avgust oyida „CBS Records“ ovoz yozish studiyasi tomonidan alohida singl sifatida ommaga taqdim etilgan. Singlning B tomoniga esa qoʻshiqning 1973-yilda yozilgan asl italyancha talqini joylashtirilgan.
Chinquetti 1974-yilda Brightonda boʻlib oʻtgan Eurovision qoʻshiq tanloviga qaytdi va unda yana bir bor Italiya sharafini himoya qildi. U tanlovda Sì" („Ha“) nomli taronani ijro etib, 18 ball bilan ikkinchi oʻrinni egalladi. Mazkur qoʻshiqning musiqasi va matni Mario Panzeri, Daniele Pace, Lorenzo Pilat hamda Carrado Conti tomonidan yozilgan edi. Tanlovda esa 24 ball toʻplagan Shvetsiyaning „ABBA“ guruhi oʻzining „Waterloo“ hiti bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Italiyaning RAI milliy teleradiokompaniyasi xonandaning chiqishini jonli efirda koʻrsatishni taqiqlab qoʻydi. Bunga mazkur tadbir mamlakatda bir oydan keyin — may oyida boʻlib oʻtishi belgilangan ajralishlar boʻyicha umumxalq referendumi targʻibot-tashviqot ishlari qisman toʻgʻri kelib qolgani sabab boʻlgan[7]. RAI qoʻshiq nomi va matnida „Sì“ (Ha) soʻzining tinimsiz takrorlanishi saylovchilarga yashirin taʼsir (subliminal xabar) oʻtkazishi hamda referendumda Italiya xalqini „Ha“ deb ovoz berishga undovchi targʻibot turi sifatida baholanishidan xavfsirab, taronani senzuraga uchratdi[8]. Natijada, qoʻshiq bir oydan ortiq vaqt davomida Italiya davlat teleradiokompaniyalarining aksariyatida efirga uzatilmadi. Keyinchalik Chinquetti ushbu qoʻshiqni ingliz („Go (Before You Break My Heart)“), fransuz („Lui“), nemis („Ja“) va ispan („Sí“) tillarida ham yozdi. Qoʻshiqning inglizcha versiyasi 1974-yilning iyun oyida Buyuk Britaniya singllar xit-paradida 8-oʻringacha koʻtarildi[4][9][10].
U Salernodagi sanʼat maktabini tamomlagan, shuningdek, oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi malaka sertifikatiga ega boʻldi. 1979-yilda xonanda Luciano Teodori bilan oila qurdi. Ularning Giovanni va Costantino ismli ikki farzandi bor. Shuningdek, Chinquettining Rosabianca ismli opasi (singlisi) hamda Luigi and Sara ismli ota-onasi bor.
1990-yillarda Chinquetti professional jurnalistika va teleboshlovchilik faoliyatini boshladi. U boshqa loyihalar qatorida, „RAI International“ telekanalida efirga uzatiladigan „Italia Rai“ ijtimoiy-siyosiy koʻrsatuviga ham boshlovchilik qildi. Keyinchalik u 1991-yilda boʻlib oʻtgan Eurovision qoʻshiq tanlovida Toto Cutugno bilan birgalikda boshlovchilik qildi. Cutugno oʻtgan yili Zagrebda gʻalaba qozonib, ushbu tadbirni Italiyaga olib kelgan edi. Bu gʻalaba mamlakat uchun Chinquettining 26 yil oldingi muvaffaqiyatidan keyingi ilk gʻalabasi edi.
2008-yilda Chinquetti Italiya va butun dunyoda koʻrsatgan yuksak xizmatlari hamda professional faoliyati uchun maxsus mukofot bilan taqdirlandi. 2014-yilda esa xonandaning avtobiografik kitobi nashr etildi.
2022-yilda Turinda boʻlib oʻtgan tanlovning final bosqichida Chinquetti yana Eurovision sahnasiga qaytdi va ovoz berish jarayonidagi tanaffus paytida oʻzining mashhur „Non ho l’età“ taronasini ijro etdi.
Sanremo musiqa festivalidagi ishtiroki
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gigliola Cinquetti oʻz faoliyati davomida nufuzli Sanremo musiqa festivalida jami oʻn ikki marotaba ishtirok etgan. Xonandaning festivaldagi chiqishlari quyidagilardan iborat:
- 1964: „Non ho l'età (per amarti)“ — Patricia Carli bilan birgalikda — 1-oʻrin (Gʻolib)
- 1965: „Ho bisogno di vederti“ — Connie Francis bilan birgalikda — Finalchi
- 1966: „Dio, come ti amo“ — Domenico Modugno bilan birgalikda — 1-oʻrin (Gʻolib)
- 1968: „Sera“ — Giuliana Valci bilan birgalikda — 8-oʻrin
- 1969: „La pioggia“ — France Gall bilan birgalikda — 6-oʻrin
- 1970: „Romantico blues“ — Bobby Solo bilan birgalikda — 6-oʻrin
- 1971: „Rose nel buio“ — Ray Conniff bilan birgalikda — 9-oʻrin
- 1972: „Gira l’amore (Caro bebè)“ — 9-oʻrin
- 1973: „Mistero“ — Saralashdan oʻtmagan
- 1985: „Chiamalo amore“ — 3-oʻrin
- 1989: „Ciao“ — 18-oʻrin
- 1995: „Giovane vecchio cuore“ — 14-oʻrin
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Studiyaviy albomlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gigliola Cinquetti (1964)
- La rosa nera (1967)
- Gigliola per i più piccini (1967)
- L’orage (1969)
- Il treno dell’amore (1969)
- Cantando con gli amici (1971)
- … E io le canto così (1972)
- Fidèlement votre… (1972)
- Su e giù per le montagne (1972)
- Stasera ballo liscio (1973)
- Bonjour Paris (1974)
- Auf der Strasse der Sonne (1974)
- Go (Before You Break My Heart) (1974)
- Gigliola e la banda (1975)
- Pensieri di donna (1978)
- Il portoballo (1982)
- Tuttintorno (1991)
- Giovane vecchio cuore (1995)
- I successi (1999)
- 20.12 (2016)
Xit-paradlarda oʻrin olgan singllari
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yil | Singl | Xit-paradlardagi eng yuqori oʻrinlari | ||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| IT [11] |
BE (FLA) [12] |
BE (WA) [13] |
FRA [14] |
GER [15] |
IRE [16] |
JAP | NL [17] |
NOR [18] |
QUE [19] |
SA [20] |
SPA [21] |
UK [22] | ||
| 1964 | "Non ho l'età" | 1 | 1 | 1 | 1 | 3 | 4 | — | 2 | 3 | — | 4 | — | 17 |
| "No tengo edad para amarte" (faqat Ispaniyada chiqarilgan)[upper-alpha 1] | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | 1 | — | |
| "Il primo bacio che darò" | 11 | 16 | 27 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | |
| "El primer beso" (faqat Ispaniyada chiqarilgan)[upper-alpha 2] | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | 4 | — | |
| "Oh warum" (faqat Germaniyada chiqarilgan) | — | — | — | — | 31 | — | — | — | — | — | — | — | — | |
| 1965 | "Ho bisogno di vederti" | 7 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| 1966 | "Dio come ti amo" | 5 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | 5 | — |
| 1967 | "La rosa nera" | 5 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| 1968 | "Sera" | 9 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| "Giuseppe in Pennsylvania" | 17 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | |
| "Quelli erano giorni" | 6 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | |
| 1969 | "La pioggia" | 2 | — | 7 | 5 | — | — | 6 | — | — | — | — | — | — |
| "L’orage"[upper-alpha 3] | — | — | 7 | 4 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | |
| "Il treno dell’amore" | 25 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | |
| "Hello Nadine" | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | |
| "La pioggia" (Yaponcha versiyasi; faqat Yaponiyada chiqarilgan) | — | — | — | — | — | — | 61 | — | — | — | — | — | — | |
| "La lluvia" (faqat Ispaniyada chiqarilgan)[upper-alpha 4] | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | 24 | — | |
| "Come una foglia" (faqat Yaponiyada chiqarilgan) | — | — | — | — | — | — | 94 | — | — | — | — | — | — | |
| 1970 | "Romantico blues" | 14 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| "Volano le rondini" | — | — | — | — | — | — | 14 | — | — | — | — | — | — | |
| 1971 | "La domenica andando alla messa" | 25 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| "Le bateau-mouche" (faqat Kanada va Fransiyada chiqarilgan) | — | — | 48 | 78 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | |
| "Rose nel buio" | 9 | — | — | — | — | — | 32 | — | — | — | — | — | — | |
| "Amarti e poi morire" | 18 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | |
| "Qui comando io" | 13 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | |
| 1972 | "Gira l’amore" | 10 | — | — | — | — | — | 90 | — | — | — | — | — | — |
| "Un coin de terre, un olivier" (faqat Fransiyada chiqarilgan) | — | — | — | 37 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | |
| 1973 | "El domingo yendo a misa" (faqat Ispaniyada chiqarilgan)[upper-alpha 5] | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | 19 | — |
| "Tango delle capinere" | 15 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | |
| "La spagnola" | 20 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | |
| 1974 | "Alle porte del sole" | 1 | — | 49 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| "Dernière histoire, premier amour" (faqat Fransiya va Belgiyada chiqarilgan)[upper-alpha 6] | — | — | 49 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | |
| "Si" | 17 | 30 | 6 | — | 13 | — | — | — | — | — | — | — | — | |
| "Lui" (faqat Fransiya va Belgiyada chiqarilgan)[upper-alpha 7] | — | — | 6 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | |
| "A las puerto del cielo" (faqat Ispaniyada chiqarilgan)[upper-alpha 8] | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | 15 | — | |
| "Go (Before You Break My Heart)"[upper-alpha 9] | — | — | — | — | — | 6 | — | — | — | — | — | — | 8 | |
| "Ja" (faqat Germaniya chiqarilgan)[upper-alpha 10] | — | — | — | — | 45 | — | — | — | — | — | — | — | — | |
| "The Door of the Sun"[upper-alpha 11] | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | 6 | — | — | |
| 1976 | "La primavera" (faqat Fransiya va Portugaliyada chiqarilgan) | — | — | 17 | 60 | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| "Comment fait-elle, dis-moi?" b/w „La Joconde“ (faqat Kanadada chiqarilgan) | — | — | — | — | — | — | — | — | — | 10 8 |
— | — | — | |
| 1985 | "Chiamalo amore" | 14 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| 1986 | "Una donna distante" | 48 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| "—" belgisi xit-paradga kirmagan yoki ushbu mamlakatda sotuvga chiqarilmagan albomni anglatadi. | ||||||||||||||
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Filmlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yil | Film nomi | Rol | Izohlar |
|---|---|---|---|
| 1964 | Canzoni, bulli e pupe | Oʻzi | Cameo koʻrinishi |
| 1965 | 008: Operazione ritmo | Gigliola | |
| Questi pazzi, pazzi italiani | |||
| 1966 | Blockhead | Angelina | |
| Dio, come ti amo! | Gigliola de Francesco | ||
| 1968 | Il professor Matusa e i suoi hippies | Oʻzi | Cameo koʻrinishi |
| 2001 | The Knights of the Quest | Bosh rohiba |
Televideniye
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yil | Nomi | Rol | Izohlar |
|---|---|---|---|
| 1965 | Ciao Italia | Xonanda | Television film |
| 1966 | Io, Gigliola | Oʻzi/ijrochi | Maxsus son |
| 1968 | Le mie prigioni | Zanze | Mini-serial (4 qism) |
| Addio giovinezza! | Dorina | Television film | |
| 1972 | Il bivio | Lalla | Mini-serial (2 qism) |
| 1977 | L’amico della notte | Oʻzi/boshlovchi | Musiqiy dastur |
| 1981–1982 | Linea verde | Oʻzi/hammuallif-boshlovchi | Sayyohlik dasturi (1-fasl) |
| 1981, 1986 | Castrocaro Music Festival | Oʻzi/boshlovchi | Har yilgi musiqiy festival |
| 1987 | Unomattina | Oʻzi/muxbir | Tok-shou (2-fasl) |
| 1988–1989 | Via Telauda 66 | Oʻzi/doimiy mehmon | Koʻngilochar shou |
| 1991 | Eurovision Song Contest | Oʻzi/boshlovchi | Har yilgi musiqiy festival |
| 1991–1992 | Festa di compleanno | Koʻngilochar shou | |
| 1995 | Napoli prima e dopo | Maxsus son | |
| 1999–2002 | Commesse | Clara Massimi | Bosh rol (12 qism) |
| 2011 | Attenti a quei due — La sfida | Oʻzi/hakam | Koʻngilochar shou (2-fasl) |
| 2012 | Tale e quale show | Oʻzi/ishtirokchi | Iqtidorlar shousi (2-fasl) |
| 2022 | Eurovision Song Contest | Oʻzi/xonanda (1964-yilgi gʻolib qoʻshigʻini ijro etmoqda) | Har yilgi musiqiy festival |
| 2025 | Ora o mai più | Oʻzi/murabbiy | Iqtidorlar shousi (3-fasl) |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Casarini, Enrico „Gigliola Cinquetti: «La mia vita spericolata e il bisogno di normalit໓ (it). TV Sorrisi e Canzoni (2021-yil 31-iyul). Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
- ↑ Blissmer, Robert H.. Who's Who in Italy, 1988. Bernan Assoc, August 1988 — 454-bet. ISBN 978-88-85246-08-9.
- ↑ OʻConnor, John Kennedy. The Eurovision Song Contest — The Official Celebration. Carlton Books, 2015. ISBN 978-1-78097-638-9. Pages 32-33
- 1 2 Roberts, David. British Hit Singles & Albums, 19th, London: Guinness World Records Limited, 2006 — 107-bet. ISBN 1-904994-10-5.
- ↑ „The 100 Best-Selling Singles of 1964 (in the UK)“. Sixtiescity.net. Qaraldi: 2016-yil 28-fevral.
- ↑ Murrells, Joseph. The Book of Golden Discs, 2nd, London, UK: Barrie and Jenkins Ltd, 1978 — 173-bet. ISBN 0-214-20512-6.
- ↑ OʻConnor, John Kennedy. The Eurovision Song Contest — The Official History. Carlton Books, UK. 2007 ISBN 978-1-84442-994-3
- ↑ „Webmaster's Countdown“. Keithm.utvinternet.ie. 2012-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-noyabr.
- ↑ „Gigliola Cinquetti“. 2007-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-oktyabr.
- ↑ Roberts, David. British Hit Singles, 15th, London: Guinness World Records Limited, 2002 — 145-bet. ISBN 0-85112-187-X.
- ↑ Spinetoli, John Joseph. Artisti in Classifica: I Singoli: 1960–1999. Milano: Musica e dischi, 2000
- ↑ „ultratop.be – ULTRATOP BELGIAN CHARTS“. ultratop.be. Qaraldi: 2021-yil 5-iyul.
- ↑ „ultratop.be – ULTRATOP BELGIAN CHARTS“. ultratop.be. Qaraldi: 2021-yil 5-iyul.
- ↑ „InfoDisc : Les Tubes de chaque Artiste commençant par C“. infodisc.fr. Qaraldi: 2021-yil 5-iyul.
- ↑ „Suche – Offizielle Deutsche Charts“. offiziellecharts.de. Qaraldi: 2021-yil 5-iyul.
- ↑ „The Irish Charts – All there is to know“. irishcharts.ie. Qaraldi: 2021-yil 5-iyul.
- ↑ „Dutch Charts – dutchcharts.nl“. dutchcharts.nl. Qaraldi: 2021-yil 5-iyul.
- ↑ „norwegiancharts.com – Norwegian charts portal“. norwegiancharts.com. Qaraldi: 2021-yil 5-iyul.
- ↑ „Compilation des succès par ordre alphabétique d'interprètes (chansons francophones)“. banq.qc.ca 441–442. Qaraldi: 2021-yil 4-iyul.
- ↑ „South African Rock Lists Website – SA Charts 1969 – 1989 Acts (C)“. rock.co.za. Qaraldi: 2021-yil 5-iyul.
- ↑ Salaverri, Fernando. Sólo éxitos: año a año, 1959–2002, 1st (es), Spain: Fundación Autor-SGAE, September 2005. ISBN 84-8048-639-2.
- ↑ „GIGLIOLA CINQUETTI | full Official Chart History | Official Charts Company“. officialcharts.com. Qaraldi: 2021-yil 5-iyul.
- ↑ "No tengo edad para amarte" is the Spanish-language version of "Non ho l'età".
- ↑ "El primer beso" is the Spanish-language version of "Il primo bacio che darò".
- ↑ "L'orage" is the French-language version of "La pioggia".
- ↑ "La lluvia" is the Spanish-language version of "La pioggia"
- ↑ "El domingo yendo a misa" is the Spanish-language version of "La domenica andando alla messa".
- ↑ "Dernière histoire, premier amour" is the French-language version of "Alle porte del sole".
- ↑ "Lui" is the French-language version of "Si".
- ↑ "A las puerto del cielo" is the Spanish-language version of "Alle porte del sole"
- ↑ "Go (Before You Break My Heart)" is the English-language version of "Sì".
- ↑ "Ja" is the German-language version of "Si".
- ↑ "The Door of the Sun" is the English-language version of "Alle porte del sole".
<ref> tags exist for a group named "upper-alpha", but no corresponding <references group="upper-alpha"/> tag was found.