Aragon (viloyat)
| Avtonom Jamoat | |
|
| |
| 41°00′0″N 1°00′0″W / 41.00000°N 1.00000°W | |
| Mamlakat | Ispaniya |
| Maydon | 47,719 km2 (18,424 kv mi) |
| Rasmiy til(lar)i | Ispancha, Aragon tili[1] |
| Aholisi (2016) |
1,308,563 |
| Zichligi | 27 kishi/km2 |
| Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
|
| |

Aragon — Ispaniyaning shimoli-sharqidagi tarixiy viloyat. IX asrda Rekonkista jarayonida Aragon grafligi barpo etilgan. 1035-yildan Aragon qirollik, 1137-yil shaxsiy uniya asosida Barselona grafligi bilan birlashgan. 1164-yil Barselona graflari Aragon qirollari boʻlganlar hamda Kataloniyaning barcha yerlarini qirollik tarkibiga qoʻshib olganlar. 13 — XV asrlarda A. qoʻshinlari Balear orollari, Valensiya, Sisiliya, Sardiniya, Neapolni bosib olgan. Aragon va Kastiliyaning 1479-yildagi sulolaviy uniyasi, yagona davlat — Ispaniyani barpo etilishiga olib kelgan. Maydon 47,7 ming km2. Aholisi 1,2 mln. kishi (1991). Aragon Ispaniyada aholi eng siyrak yashaydigan viloyat. Togʻlarida qoʻngʻir koʻmir, temir rudasi, uran, boksit, oltingugurt, marganes konlari mavjud. togʻ daryolariga qator GESlar qurilgan. Qoʻngʻir koʻmir bilan ishlaydigan issiqlik elektr markazlari bor. Qoʻngʻir koʻmir qazib chiqarish jihatidan (yiliga taxminan 1 mln. t) Aragon Ispaniyada 1-oʻrinda turadi. Oxos-Negros temir ruda havzasi Aragon iqtisodiyotida muhim oʻrin tutadi. Aragonning birdan-bir sanoat markazi Saragosa shahar. Bu yerda oziq-ovqat va yengil sanoat bilan birga metallsozlik va kimyo sanoati korxonalari mavjud. Aholining 2/3 qismi qishloq xoʻjaligida ishlaydi. Viloyatda zaytunzorlar, tokzorlar, qand lavlagi va donli ekinlar yetishtiriladi. Saragosa — havo yoʻllarining yirik tuguni. Maʼmuriy jihatdan 3 provinsiya — Huesca, Teruel, Zaragoza boʻlinadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „LEY 10/2009, de 22 de diciembre, de uso, protección y promoción de las lenguas propias de Aragón.“ (PDF). 28-mart 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 29-aprel.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Aragon (viloyat)“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- Government of Aragon (Wayback Machine saytida 2018-10-22 sanasida arxivlangan)
- Senderos de Aragón Aragon government tourism site
- Guide to the Aragon Pyrenees Mountains (Wayback Machine saytida 2019-08-06 sanasida arxivlangan)
- Maps of Aragon (Wayback Machine saytida 2019-04-02 sanasida arxivlangan)
| Ispaniya geografiyasiga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |

