close
Kontent qismiga oʻtish

Anglezit

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Anglezit — sulfatlar sinfiga mansub mineral. Qattiqligi 3-3,5. S.ogʻ. qariyb — 6,4. Juda moʻrt. Rangsiz, och rangli, sargʻish, kulrang va yashil, baʼzan koʻk tovlanuvchi kristall, donador massa. Olmos yoki yogʻ kabi yaltiraydi. Anglezit — qoʻrgʻoshinli ruda. Asosan gipergen, gidrotermal yoʻl bilan hosil boʻlgan. Oltoyda, Oʻrta Uralda, Sharqiy Zabaykaleda, Zakarpateda konlari bor. Oʻzbekistonda Chatqol-Qurama togʻlaridagi polimetall konlarida keng tapqalgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil