Alemannlar
Alemannlar (lotincha: Alamanni) — Dunay va Reyn daryolari yuqori oqimida, Rim imperiyasi mulklariga qarama-qarshi qirgʻoqlarda yashagan germanlarning III asr oxiridan maʼlum boʻlgan rimcha nomi hisoblanadi. Rimliklar Janubiy Germaniyadan Galliyaga bostirib kirgan qurolli toʻdalarni Alemannlar deb atagan. Biroq, Alemannlar rimliklardan farqli ravishda oʻzlarini „shvablar“ deyishgan. IV asrdan alemann yollanma harbiylari Rim imperiyasida yuqori mavqega ega boʻla boshlagan. Masalan, 306-yil Konstantin I Rim taxtini egallashda Alemannlardan Krokus yordamiga tayangan. Imperator Konstantin II oʻz raqibi Magnensiya imperatoriga karshi kurashda Alemannlar qoʻshinidan foydalangan, biroq 357-yil Yulian Murtad ularni Argentorat (Strasburg) ostonasida tor-mor keltirgan. Soʻnggi oʻrta asrlarda oʻrta lotin tilidagi „Alamannia“, fransuz va ispan tillaridagi „Alltmagne“ hamda „Alemania“ atamalari „Germaniya“ atamasi bilan oʻrin almashgan.
Yana qara
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
