close
Kontent qismiga oʻtish

Zaboy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Zaboy (ruscha) — foydali qazilma boyliklari va qoplovchi jinslar qazib olinadigan ish joyi; kon inshootlari (shurf, shtolnya va burgi kovagi)ning eng pastki yuzasi, mas, burgʻi kovagining tubi. Kon ishlari natijasida Z. surilishi mumkin. Ishlar olib borilayotgan Z. ishlab turgan va, aksincha, ishlar toʻxtatilgan Z. ishlamayotgan Z. deyiladi. Shaxta va konlarda Z. gorizontal (yotiq), vertikal (tik) va qiya, ochiq konlarda Z. yonlama va frontal (old tarafda) boʻladi. Z.ning maydoni foydalanish maqsadiga qarab 5 sm² dan bir necha 100 m² gacha boradi. Z.dagi ishlar tayyorlash va tozalash ishlariga boʻlinadi. Tayyorlash ishlarida hamma kon inshootlari foydali qazilmalarni qazib olish uchun maʼlum tizim asosida tayyorlanadi. Tayyorlash ishlari foydali kazilmalarning joylashish qonuniyatlari, qalinligi va b. fizik xossalarini aniqlashga yordam beradi. Foydali qazilmalarni qazib olish uchun oʻtkaziladigan barcha ishlar yigindisi tozalash ishlariga kiradi; 2) quduqlar burgilashda burgilash asboblari bilan kovlab borishda quduqning oʻyiladigan yon sirti.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil