Ptoz
Qiyofa
PTOZ (yunoncha ptosis — tushish) — koʻz muskullarining falajlanishi natijasida yuqori qovoqning salqib tushishi. Tugʻma yoki hayotda orttirilgan boʻladi. Tugʻma ptoz koʻpincha, nasldan-naslga oʻta-di, deyarli hamma vaqt ikkala koʻz qovogʻi salqiydi. Yuqori qovoqni koʻtaruvchi muskulning rivojlanmay qolishi tugʻma ptoz ga sabab boʻladi. Hayotda orttirilgan ptozda, koʻpincha, bitta koʻz qovogʻi salqiydi. Ptozning bu xili koʻzni harakatlantiruvchi hamda simpatik nervlar bilan innervatsiyalanadigan muskullar falajlanishi natijasida roʻy beradi. Ptozni davolashda unga sabab boʻlgan omillar bartaraf etiladi. Ptoz termini qaysi aʼzoning nomiga qoʻshib aytilsa, shu aʼzoning tushishi tushuniladi (buyrak ptozi yoki nefroptoz va hokazo)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Tibbiyotga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
