Ganza
Ganza (qad. nem. Hanse — ittifoq) — Lyubek sh. boshchiligida shim. nemis shaharlarining savdo va siyosiy ittifoqi (XIV—XVI asrlar; rasman 1669-yilga-cha). Ganzaning gullab yashnagan davri (XIV asr ning 2-yarmi — XV asrning boshlari) da bu ittifoqqa 100 tacha shahar. jumladan Revel (Tallin), Derpt (Tartu), Riga kirgan. Gʻarbiy, Shim. va Sharqiy Yevropa oʻrtasidagi savdoda vositachilik qilib, Shim. Yevropa savdosida gegemon boʻlgan. Ganza flot va ayrim shaharlarning qoʻshinlaridan iborat oʻzining harbiy kuchlariga ega boʻlgan. Ganza Yevropaning gʻarbida va markazida toʻqimachilik, kon sanoatini rivojlantirib, Sharqiy Yevropadagi bu sohalarni taraqqiyotiga toʻsqinlik qilgan. XVI asr oʻrtalarida ganza oʻz oʻrnini golland, ingliz va fransuz savdogarlariga boʻshatib bergan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
