close
Kontent qismiga oʻtish

DAX

Vikipediya, erkin ensiklopediya
BERJAYA
Logotipi

DAX (olmoncha: Deutscher Aktienindex , bozorda GER30 sifatida koʻrsatilgan) Germaniyaning eng muhim fond indekslaridan biridir. Indeks Germaniyadagi 40 ta eng yirik aktsiyadorlik jamiyatlari aksiyalari narxining kapitallashuvi boʻyicha oʻrtacha qiymati sifatida hisoblanadi. DAX Britaniyaning FTSE 100 va Amerika Dow Jones indekslarining ekvivalenti hisoblanadi.

DAX 1988-yil 1-iyulda yaratilgan boʻlib, boshlangʻich qiymati 1000 balldan iborat.[1] Indeks Deutsche Börse AG tomonidan hisoblab chiqariladi.

2020-yil 24-noyabrda Deutsche Börse Germaniya iqtisodiyotining zamonaviy tuzilmasini toʻliqroq aks ettirish maqsadida indeksni oʻnta qoʻshimcha komponentga kengaytirilishini eʼlon qildi. Kengaytiruv 2021-yilning 3-choragida amalga oshirildi.[2]

Indeksni hisoblash

[tahrir | manbasini tahrirlash]
BERJAYA
Frankfurt fond birjasidagi DAX kurslar tablosi

2016-yil yanvar oyidan boshlab indeks har savdo kuni Markaziy Yevropa vaqti bilan 9:06 dan boshlab hisoblab chiqiladi. DAX ni hisoblashda XETRA elektron birjasidagi aksiyalarning narxlaridan foydalaniladi.[3]

Etyen Laspeyres formulasi asosida hisob-kitob qilish uchun tanlangan listing kompaniyalarining aksiyalari narxlari ularning bozor kapitallashuviga qarab oʻlchanadi.[4]

Faqat erkin muomaladagi aksiyalargina hisobga olinadi. Agar kompaniya kapitali bir necha turdagi aksiyalarga (masalan, oddiy va imtiyozli aksiyalarga) boʻlingan boʻlsa, likvidligi yuqori boʻlgan aksiyalar turi qoʻllanadi.[5]

Tanlov mezonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil sentabr oyidan boshlab kompaniyalar DAXga faqat bitta asosiy mezon – aksiyadorlik jamiyatining bozor kapitallashuvi boʻyicha kiritilish huquqiga ega.[6] Strategik investorlar qoʻlidagi emas, balki erkin muomalada boʻlgan barcha aksiyalarning umumiy qiymati hisobga olinadi. Boshqa oldingi mezonlar, masalan, ushbu qimmatli qogʻozlar bilan savdo qilish faolligi kabi mezonlar yoʻqoldi.

Bundan tashqari, yangi qatʼiy shart joriy etildi: DAX 40 uchun nomzodlar kamida ikki yillik daromadga ega boʻlishlari, shuningdek, muntazam ravishda nafaqat yillik va yarim yillik, balki har chorakda auditdan oʻtgan hisobotlarni taqdim etishlari kerak.[7]

Agar aksiyaning ogʻirligi 10% dan oshsa va aksiyaning 30 kunlik tarixiy oʻzgaruvchanligi 250% dan oshsa, aksiya qayta balanslash sanalari orasidagi indeksdan chiqarilishi mumkin.[8]

DAXga kiruvchi kompaniyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
LogotipKompaniyaSohaQisqartmaIndeks koʻrsatkichi (%)1
BERJAYAAdidasOyoq kiyim va libosADS3.0056
BERJAYAAllianzSugʻurtaALV8.3724
BERJAYABASFKimyo sanoatiBAS8.2032
BERJAYABayerKimyo sanoatiBAYN8.3973
BERJAYABeiersdorfIsteʼmol tovarlariBEI0.9325
BERJAYABMWAvtomobilsozlikBMW2.6345
BERJAYACommerzbankBank ishiCBK1.1907
BERJAYAContinental AGAvtomobilsozlikCON2.2923
BERJAYADaimler AGAvtomobilsozlikDAI6.7480
BERJAYADeutsche BankBank ishiDBK2.9358
Deutsche BörseBirja bitimlariDB11.7484
BERJAYADeutsche LufthansaHavoyoʻllariLHA1.3356
BERJAYADeutsche PostLogistikaDPW3.5570
BERJAYADeutsche TelekomTelekommunikatsiyaDTE4.6638
BERJAYAE.ONEnergetikaEOAN1.9397
Fresenius Medical CareSogʻliqni saqlashFME1.7644
BERJAYAFreseniusSogʻliqni saqlashFRE2.5073
BERJAYAHeidelbergCementQurilishHEI1.2680
BERJAYAHenkelIsteʼmol tovarlariHEN31.8607
BERJAYAInfineon TechnologiesYarimoʻtkazgichlarIFX2.4453
BERJAYALindeGaz sanoatiLIN3.2388
BERJAYAMerckFarmatseftikaMRK1.1156
Munich ReSugʻurtaMUV22.7216
BERJAYAProSiebenSat.1 MediaMediabiznesPSM0.6338
40x40пксRWEEnergetikaRWE0.8230
BERJAYASAPDssturiy taʼminotSAP8.9800
BERJAYASiemensMashinasozlikSIE8.9866
BERJAYAThyssenKruppMashinasozlikTKA0.9738
BERJAYAVolkswagen GroupAvtomobilsozlikVOW32.9521
BERJAYAVonoviaKoʻchmas mulkVNA1.7724

2017-yil 29-dekabr holati boʻyicha.

  1. „Looking back on 30 years of DAX“. dw.com. Qaraldi: 2022-yil 3-fevral.
  2. „DAX Stock Index“. investopedia.com. Qaraldi: 2022-yil 3-fevral.
  3. „Pulse Online: DAX Index Grows to 40 Constituents – Looking at Impact on Market Cap and Liquidity“. xetra.com. Qaraldi: 2022-yil 3-fevral.
  4. „DAX“. memim.com. Qaraldi: 2022-yil 3-fevral.
  5. „DAX – benchmark and barometer for the German economy“. deutsche-boerse.com. Qaraldi: 2022-yil 3-fevral.
  6. „DAX Technical Analysis“. comparebrokers.co. Qaraldi: 2022-yil 3-fevral.
  7. „DAX with 40 constituents and additional criteria“. boerse-frankfurt.de. Qaraldi: 2022-yil 3-fevral.
  8. „New DAX index rules to strengthen qualification criteria, adopt international standards“. qontigo.com. Qaraldi: 2022-yil 3-fevral.