Belostok
Qiyofa

Belostok, Byalistok — Polshaning shim.sharqidagi shahar, Belostok voyevodaligining maʼmuriy markazi. Byala daryosi sohilida. Aholisi 260 ming kishi (1990). Temir yoʻl tuguni. XIX asr 30yillaridan toʻqimachilik sanoati bilan mashhur, asosan jun gazlama ishlab chiqariladi. Yirik ip gazlama kombinati qurilgan. Aniq mashinasozlik, yogʻochsozlik, oziq-ovqat, keramika sanoati korxonalari, med. instituti va boshqa oliy oʻquv yurtlari bor. 17 — XVIII asrlar meʼmoriy yodgorliklardan Branitskiy saroyi (1691 — 97) saqlangan. Gotika ratushasi (1745 — 46) va boshqa bor. Shaharga 1320-yilda asos solingan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
